Vazirlar Mahkamasi va Prezident Administratsiyasi xodimi vazir o‘rinbosari bo‘ldi
![Vazirlar Mahkamasi va Prezident Administratsiyasi xodimi vazir o‘rinbosari bo‘ldi](https://static.xabaruz.com/crop/4/2/720_460_95_4250570817.jpg)
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida yangi tayinlovlar amalga oshirildi.
Daliyev Shoxrux Hojiakbarovich oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.
U bunga qadar uzoq yillardan buyon Vazirlar Mahkamasida turli mas’ul lavozimlarda ishlab kelayotgan edi.
Mahkamov Otabek Muxtorovich oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi.
U bunga qadar Prezident Administratsiyasida mas’ul lavozimlarda ishlagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter