Talabadan pul kerakmi deb so‘ramang, unga pul bering (video)
Toshkent — non shahri, shu bilan birga, talabalar shahri hamdir. Har qadamda shoshilib ketayotgan talabalarga ko‘zingiz tushadi: darsga, ishga... O‘qish bilan birga, ishlab pul topish osonmas. Ijara uy, yo‘l xarajatlari, ovqatlanish,... xullas, talabaga ko‘p pul kerak. Qolganlaridan orttirib birgina bolasini ilm olsin deb olis shaharga yuborgan ota-onalarga rahmat. Davlat ham qarab turgani yo‘q, bir talabaga oyiga o‘rtacha 517 ming so‘m stipendiya beradi.
Xo‘sh, Toshkentda o‘qish, yashash osonmi? Davlat berayotgan stipendiya yetadimi? Talabaning xarajatlari qancha? Xabar.uz yoshlarni so‘roqqa tutdi.
– Bir oyda bir talaba qancha pul sarflaydi?
Biz so‘roqqa tutgan aksariyat talabalar bir oylik xarajatlari o‘rtacha 1-1,5 mln so‘mgacha borishini aytishdi. Poytaxtlik talabalar esa bir oyda 200-500 ming so‘m atrofida xarj qilishar ekan.
– Sizningcha, talabalarga davlat beradigan bir oylik stipendiya ularning sarf-xarajatlarini qoplashga yetarlimi?
Ushbu savol bilan yurtdoshlarimizga yuzlanganimizda, ularning ko‘pchiligi bu pul talabaning bir oylik ijara to‘loviga ham yetmaydi-ku, degan javobni berishdi. Chunki hozirgi kunda poytaxtdagi ijara uylarining o‘rtacha narxi bir talaba uchun 600-700 ming so‘mga to‘g‘ri keladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter