Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘ziga uch maslahatchi tayinladi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri buyrug‘i bilan axborot siyosati, ma’naviy-ma’rifiy ishlar va raqamli texnologiyalar masalalari bo‘yicha vazir maslahatchilari lavozimlariga tayinlovlar amalga oshirildi.
Buyruqqa ko‘ra:
Isajon Abdurayimovich Sultonov — Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga;
Nazokat Usmonqulovna Abduqunduzova — Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi — matbuot kotibi lavozimiga;
Bobur Kamolovich Rahimov — Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining raqamlashtirish va axborot texnologiyalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter