Matematika olimpiadasi g‘oliblariga «Neksiya» va «Kobalt» topshiriladi
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga ixtisoslashtirilgan maktabning o‘quvchilari matematika fani bo‘yicha Qo‘qon olimpiadasida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
Matematika fanidan bilimli va iqtidorli yoshlarni kashf qilish, ularni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi ishtirokida respublika umumta’lim maktablari va akademik litsey o‘quvchilari o‘rtasida matematika fani bo‘yicha «Qo‘qon olimpiadasi» tashkil etildi. Intellektual musobaqaning dargoh sifatida Qo‘qon shahri tanlab olindi.
2021-yil 20-21-fevral kunlari «Qo‘qon olimpiada»sining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tgandi, Respublika bosqichi esa 13-14-mart kunlari bo‘lib o‘tdi.
5, 6, 7-sinf o‘quvchilari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan musobaqa Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktabining o‘quvchilari Sunnatov Asilbek (birinchi o‘rin) va Axtamov Ozodbek (ikkinchi o‘rin) g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
Ta’kidlash lozimki, «Qo‘qon olimpiadasi» g‘oliblari qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi. Ularga «Neksiya» va «Kobalt» rusumdagi avtomobillar topshiriladi. Barcha guruh bo‘yicha birinchi o‘ntalik ro‘yxatidan joy olgan nomzodlarga Qo‘qon universitetida grant asosida o‘qishga qabul qilish «Investitsion vaucher»i taqdim etiladi. Bundan tashqari, olimpiadaning tashkilotchilaridan biri — «Qorako‘l ziyo» nodavlat o‘quv muassasasi tomonidan esa guruhlar bo‘yicha 1, 2, 3-o‘rinni qo‘lga kiritgan o‘quvchi-nomzodlarga matematika hamda boshqa fanlardan qo‘shimcha bilim olish huquqini beruvchi bir yillik bepul o‘qish bonusi ham taqdim etiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter