Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Maktablarda yakuniy davlat imtihonlari o‘tkazilmasligi mumkin

Maktablarda yakuniy davlat imtihonlari o‘tkazilmasligi mumkin

Foto:«Xabar.uz»

Ijtimoiy tarmoqlarda umumta’lim muassasalarining 5-11-sinf o‘quvchilari uchun bosqichli nazorat va yakuniy davlat imtihonlarini o‘tkazish yoki bekor qilish bo‘yicha savollar berilmoqda.

Xalq ta’limi vazirligi matbuot kotibi Anvar Umarovga ko‘ra, va tegishli davlat tashkilotlari 5-11-sinf o‘quvchilari uchun bosqichli nazorat va yakuniy davlat imtihonlarini o‘tkazish yo‘llari yoki bekor qilish masalasini muhokama qilmoqda.

Ishlab chiqilgan takliflar Maxsus hukumat komissiyasi muhokamasiga taqdim etiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Maxsus hukumat komissiyasining bu masaladagi qarorini o‘z kanallari orqali ma’lum qiladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirus yuqtirishning ilk holati qayd etilgan vaqtdayoq, maktablarda o‘qish to‘xtatilgan edi. 

O‘quvchilar «Onlayn maktab» kanallarida namoyish etilayotgan televizion darslar orqali bilim olishni davom ettirishlarini tavsiya etilmoqda.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring