Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Maktab va bog‘chalar ochilishiga tayyorgarlik ko‘rilmoqda - shtab a’zosi

Maktab va bog‘chalar ochilishiga tayyorgarlik ko‘rilmoqda - shtab a’zosi

Foto:«Xabar.uz»

Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Rustam Ikromovning aytishicha respublikada asta-sekinlik bilan maktab va bog‘chalar ochilishiga tayyorgarlik ko‘rilmoqda. 

«Maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlarida o‘z farzandlarimiz ta’lim olishadi. Bu masalada e’tibor berish kerak bo‘lgan jihatlar ko‘p. Ishlab chiqilayotgan tadbirlar shunchaki hisobot uchun emas, balki farzandlarimizni ijtimoiy hayotga tezroq qaytarish, karantin sharoitida ularning ruhiyatida kuzatilgan o‘zgarishlarni bartaraf qilish, ular qatnaydigan muassasalarda koronavirus tarqalishiga imkon qadar to‘sqinlik qilishga qaratilgan choralar belgilanishi lozim.

 Ayni kunlarda Maktabgacha ta’lim vazirligi va Xalq ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda ta’lim muassasalarida amal qiluvchi sanitariya me’yorlari ishlab chiqilmoqda.

Mazkur me’yorlar Adliya vazirligi tomonidan huquqiy ekspertizadan o‘tkaziladi hamda barcha tomonidan bajarilishi birdek majburiyligi belgilab qo‘yiladi.

Shundan keyin maktabgacha ta’lim tashkilotlari va umumta’lim maktablariga faoliyatini boshlash uchun ruxsat beriladi».

Avvalroq, Xalq ta’limi vazirligi maktablar ochilishini Maxsus komissiya qarori hal qilishini ma’lum qilgan. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring