Geologiya fanlari universiteti rektori almashdi
Hukumat qarori bilan (224-son, 29.04.2022-y.) Maqsud Uzoqovich Isoqov Geologiya fanlari universitetining rektori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
Universitet rasmiy saytidagi ma’lumotga ko‘ra, Maqsud Isoqov bungacha ilmiy ishlar, innovatsiyalar va moliya-iqtisod ishlari bo‘yicha prorektor lavozimida faoliyat yuritgan.
Shu paytgacha Geologiya fanlari universitetining rektori lavozimida Bobir Islamov ishlab kelgandi.
O‘zbekiston prezidenti tashabbusi bilan 2020-yili Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi tizimida Geologiya fanlari universiteti tashkil etilgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter