Prezident farmoni: Abduqodir Toshqulov — vazir, uchta OTMda rektor almashdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 14-yanvardagi 6141-son farmoni bilan Abduqodir Hamidovich Toshqulov O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri lavozimiga tayinlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari bilan:
- Inomjon Urishevich Majidov O‘zbekiston Milliy universiteti rektori (15-son, 14.01.2021-y);
- O‘ktam Rahimovich Salomov Farg‘ona politexnika instituti rektori (14-son, 14.01.2021-y);
- Avazjon Rahimovich Marahimov Termiz davlat universiteti rektori (15-son, 14.01.2021-y) lavozimiga tayinlandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter