Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda oziq-ovqat chiqindilaridan qancha bioyonilg‘i ishlab chiqarish mumkin?

O‘zbekistonda oziq-ovqat chiqindilaridan qancha bioyonilg‘i ishlab chiqarish mumkin?

Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti (PMTI) mutaxassislari O‘zbekistonda oziq-ovqat chiqindilaridan qancha bioyonilg‘i ishlab chiqarish mumkinligini tahlil qildi.

Bioyonilg‘i – bu to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita biomassadan olinadigan yonilg‘i bщlib, bioetanol va biodizel bugungi kunda eng keng tarqalgan bioyonilg‘i turlari hisoblanadi.

Bioyonilg‘i Yevropa davlatlari, AQSh va dunyodagi boshqa ko‘plab mamlakatlarda yonilg‘i sifatida ishlatiladi. AQShda ishlab chiqarilayotgan benzinning taxminan 97 foizida ma’lum miqdorda etanol mavjud. Braziliyada sotiladigan barcha benzin markalarida 20-25 foizgacha etanol bo‘ladi.

O‘zbekistonda har yili qariyb 3 million tonna oziq-ovqat chiqindilari hosil bo‘ladi.

Oziq-ovqat chiqindilaridan bioyonilg‘i ishlab chiqarish bir vaqtning o‘zida ikkita muammoni hal qilishda yordam beradi. Birinchidan, oziq-ovqat chiqindilarini utilizatsiya qilish orqali ekologiyaga ko‘rsatilayotgan salbiy ta’sir kamaytiriladi. Ikkinchidan, iqtisodiy va demografik o‘sish natijasida tobora ortib borayotgan energiya resurslariga bo‘lgan ehtiyoj qondiriladi.

Tahlil natijasida quyidagilar aniqlandi:

  1. Agar oziq-ovqat chiqindilari to‘liq bioetanol (E100) yoki biodizel (B100) ga aylantirilsa, 1,11 milliard litr bioetanol va 1,02 milliard litr biodezel yonilg‘isini ishlab chiqarish mumkin.
  2. Benzin va dizel yonilg‘isida harakatlanuvchi avtomobillar bioyonilg‘idan foydalanishga o‘tadigan bo‘lsa, havoga chiqarilayotgan CO2 miqdorini 1,6 million tonna (21 foizga) kamayadi.
  3. Oziq-ovqat chiqindilarining har bir kilogrammi yiliga o‘rtacha 2,5 kg is gazini ajratib chiqaradi. 3 million tonna oziq-ovqat chiqindisi zarur darajada utilizatsiya qilinmasa, atmosferaga 7,5 million tonna issiqxona gazlarini chiqariladi.

Bioyoqilg‘idan keng foydalanishga o‘tish 2019-2030-yillarda O‘zbekiston Respublikasining «yashil» iqtisodiyotga o‘tish strategiyasidagi muayyan parametrlar, «Chiqindilar to‘g‘risida»gi va «Parij bitimini ratifikatsiya qilish to‘g‘risida»gi qonunlari, shuningdek, BMT konferensiyasining 26-sessiyasida YaIM birligiga to‘g‘ri keladigan issiqxona gazlarini chiqarishni 2030-yilga qadar 2010 yildagiga nisbatan 35 foizga kamaytirish bo‘yicha qabul qilingan qo‘shimcha majburiyatni bajarishda yordam beradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring