Bosh vazir Olmazordagi G‘alaba bog‘i qurilishi bilan tanishdi
Olmazor tumanidagi general Sobir Rahimov haykali o‘rnatilgan hiyobonda Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 75 yilligi munosabati bilan G‘alaba bog‘i barpo etish jarayoni boshlandi.
Bosh prokuraturada o‘zgarishlar, Mirziyoyevning tashrifi, hakamni haqoratlagan Messi, 9 may salyuti, Toshkent hokimining ogohlantiruvi, Sobir Rahimovning qaytishi va boshqa xabarlar
Bugun, 8-may kuni O‘zbekiston va dunyoda ro‘y bergan xabarlar, yangiliklar haqida yana bir bor eslab o‘tamiz. Shuningdek, saytimizda e’lon qilingan dolzarb maqolalar va foydali ma’lumotlarni ham tavsiya qilamiz.
Shavkat Mirziyoyev Toshkentni aylanadi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ertaga, 9-may kuni Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Toshkent shahrida amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishishi va bayram tadbirida ishtirok etishi kutilmoqda.
Sobir Rahimov haykalining ochilish marosimidan fotoreportaj
Bugun esa qurilish ishlari nihoyasiga yetkazilgan. Cobir Rahimov haykali Prezident aytgan eski joyiga qaytarildi. Haykalning ochilish marosimida keng jamoatchilik, nuroniylar, yoshlar ishtirok etdi. Muxbirimiz Farrux Aliyev Sobir Rahimov haykali ochilishidan fotoreportaj tayyorladi.
General qaytmoqda! (fotoreportaj)
Muxbirimiz Farrux Aliyev bugun, 4-may kuni Olmazor tumani hokimligiga borib, general Sobir Rahimov haykalini avvalgi o‘rniga qaytarish uchun ko‘rilayotgan hozirlik jarayoni bilan tanishib, fotoreportaj tayyorladi.
General Sobir Rahimov haykali avvalgi joyiga qaytariladi
Eslatib o‘tamiz, general Sobir Rahimov haykali 2011-yilning qishida G‘ofur G‘ulom bog‘iga ko‘chirilgan edi.