Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

General Sobir Rahimov haykali avvalgi joyiga qaytariladi

General Sobir Rahimov haykali avvalgi joyiga qaytariladi

General Sobir Rahimov haykali

Foto: «Sputnik»

General Sobir Rahimov haykali avvalgi joyiga qaytariladi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatiga tashrifi davomida Norin tumanida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qildi, deb xabar bermoqda «Kun.uz» nashri.

— Mana, 9-may yaqinlashib kelyapti. Meni qiynab kelayotgan yana bitta masala bor. Shafqatsiz fashizm bilan kurashda urush maydonlarida qolib ketgan buyuk bobolarimiz bor. Shularni ichida birgina bo‘lgan general Sobir Rahimovning nomini eslamay ham qo‘ydik. Mana shu qahramon generalimizning haykalini tarix va adolat uchun tiklab qo‘ysak. Bu ish 9-maygacha amalga oshirilsa yaxshi bo‘lardi, — deb aytgan davlat rahbari.

Eslatib o‘tamiz, general Sobir Rahimov haykali dastavval hozirgi Olmazor tumani hokimligi binosi oldida bunyod etilgan edi. Sababi mazkur tuman uning nomi bilan atalgan. 2010-yili tuman nomi o‘zgartirilgach, 2011-yilning qishida ushbu haykal G‘ofur G‘ulom bog‘iga ko‘chirilgan edi. Bundan tashqari, «Sobir Rahimov» metro bekatining nomi ham o‘zgartirilib, «Olmazor» nomi berilgan edi.

Tuman nomini o‘zgartirishga matbuotda chop etilgan bir necha maqolalar sabab bo‘lgani aytiladi. Tuman mutasaddilari va olimlar jamoatchilik fikriga asoslanib, tumanga tarixiy nomini qaytarishni yoqlab chiqishgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring