Shavkat Mirziyoyev Toshkentni aylanadi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ertaga, 9-may kuni Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Toshkent shahrida amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishishi va bayram tadbirida ishtirok etishi kutilmoqda.
«Xabar.uz» manbasining xabariga ko‘ra, Shavkat Mirziyoyev ertaga Xalqlar do‘stligi maydoni, Shomahmudovlar kompozitsiyasi hamda Olmazor tumanidagi general-mayor Sobir Rahimov haykalini borib ko‘rishi kutilmoqda.
Shuningdek, davlat rahbari 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan tashkil etiladigan marosimda qatnashish uchun Toshkent shahridagi Botanika bog‘iga ham tashrif buyurishi rejalashtirilgan.
Ayni paytda Botanika bog‘ida ushbu tadbirga tayyorgarlik ishlari avjida. Bog‘da urush davri ruhini aks ettiradigan namunalar ham yo‘q emas.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter