Qorabayir ot va ko‘k bo‘ri milliy multfilmlarimiz qahramoniga aylansa....
Bir paytlar o‘zbek kino va multfilm ijodkorlari jonivorlarni «milliylashtirish» kerakligini aytganimda rejissyorlardan biri «hayvonlarni milliylashtirib bo‘lmaydi», degan edi.
«Bola, ko‘rsichqon, tulki va ot» yoki nima uchun bu multfilmni ko‘rishingiz kerak?
– Hm, dunyoda mehrdan boshqa hech qanday qimmatli narsa yo‘q. Hayotda shunchalar ko‘p go‘zallik borki, bularning barchasini saqlash kerak.
82 yoshli Xayao Miyazakining yangi loyihasi yoxud uning ajoyib multfilmlari bizga nimani o‘rgatadi?
Eslatib o‘tamiz, yapon animatori Miyazaki eng yaxshi animatsion film uchun Oskar mukofotiga sazovor bo‘lgan.
Xushxabar! Edu Kids multfilmlari «Bolajon»da namoyish qilinmoqda
Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi tomonidan amalga oshirilayotgan Edu Kids loyihasi multfilmlari endilikda «Bolajon» telekanalida namoyish etila boshlandi!
«Vinni-Pux»ni sahnalashtirgan rassom vafot etdi
«Soyuzmultfilm» bosh muharriri aniqlik kiritishicha, uning o‘limiga koronavirus sabab bo‘lgan.
Kinematografiya tarixida eng ko‘p pul ishlagan multfilm e’lon qilindi
Shu paytgacha ushbu reytingda to‘liq metrajli «Super oila 2» (1,243 mlrd. dollar) va «Sovuq yurak» (1,281 mlrd. dollar) animatsion filmlari yetakchi edi.
«Senimi, shoshmay tur!» nega taqiqlangan?
Bir qarashda, komediyali multserialning nima yomon tomoni bor deysiz?
QQS to‘g‘risida kulgili multfilm yaratildi
QQS to‘lamaydigan yetkazib beruvchidan arzonroqqa olish o‘rniga ushbu soliqni to‘laydigan yetkazib beruvchidan qimmatroq narxda tovar sotib olishingiz nima sababdan siz uchun foydaliroq ekanligini bilasizmi?
«O‘zbekkino» «Dovyurak oshpaz» multfilmi ishlab chiqarishi yakunlanganini ma’lum qildi
«O‘zbekkino» Milliy agentligi tasarrufidagi «Multiplikatsion filmlar studiyasi» Davlat unitar korxonasi tomonidan bir qator milliy multiplikatsion filmlar ishlab chiqarilmoqda. Hozirgi kunda o‘zbek xalq ertaklari asosida yaratilgan ikki qismli «Dovyurak oshpaz» nomli multiplikatsion filmining ishlab chiqarish jarayoni to‘liq yakunlandi.
«Qirol sher»ning qaytishi yoki bir plagiat tarixidan
«Disney» studiyasi «Qirol sher»ning kino talqinini suratga olishini e’lon qilgach, remeyklarni xushlamaydiganlar qay ahvolga tushganini tasavvur qilish qiyinmas. Ammo 1994 yilgi afsonaviy «Qirol sher» multfilmining o‘zi ham plagiat ekanini hammayam bilavermasa kerak.
Obid Asomov nega «Bolajon» telekanalidan norozi ekanini aytdi
O‘n daqiqalik multfilmning tayyorlanishi uchun davlat budjetidan 400 million so‘m sarflanadi, mutaxassislar esa sakkiz oy mashaqqat chekadi.
Obid Asomov: «Bizda multfilm o‘gay boladek, nikohsiz tug‘ilgan go‘dakdek bo‘lgan!»
Obid Asomov yangi ishi, «Bolajon» telekanaliga e’tirozi, zamondan orqada qolgan o‘zbek multiplikatsiyasi, hind Rembosi va nevaralari xususida so‘zlab berdi.
«Kung-fu panda» mening o‘g‘lim
Aslini olganda, multfilm tomosha qilishning hech qanday salbiy tomoni yo‘q. Lekin aksariyatida g‘oyaviy ta’sir vositalari, bolaning ruhiyatini shikastlovchi, to‘satdan paydo bo‘luvchi tasvir va grafikalar, ovoz effektlaridan foydalanish holatlari, tarbiyani buzishga xizmat qiluvchi ikkinchi darajali elementlar ko‘zga tashlanadiki, bularning naqadar dahshatli oqibatlarga olib kelishi mumkinligi olimlar tomonidan allaqachon isbotlangan.
«Puma» «Soyuzmultfilm» qahramonlari tasviri tushirilgan sport oyoqkiyimlari ishlab chiqaradi
Oyoqkiyimlarda mashhur «Nu, pogodi!»(«Senimi, shoshmay tur!»)dagi Quyon va Bo‘ri, shuningdek Vinni-Pux kabi qahramonlar rasmi tushirilishi kutilmoqda. Krossovkalarning orqa tomonida mazkur multfilmlardan olingan mashhur jumlalar aks ettiriladi.
O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan avtomobillar haqida animatsion film tayyorlanmoqda
Hozirda multfilmning dastlabki 6 ta qismi bo‘yicha ishlar boshlab yuborildi. Ushbu yangi multfilmni yil so‘ngiga qadar bolajonlar e’tiboriga taqdim etish rejalashtirilgan.