QQS to‘g‘risida kulgili multfilm yaratildi
Korxonalar rahbarlari uchun «QQS to‘g‘risida» kulgili qilib chizilgan multfilmlar yaratildi. Ularni buxgalter.uz da tomosha qilish mumkin, deb yozadi «Norma».
«Soliq qonunchiligiga kiritilgan o‘zgartirishlar birinchi navbatda buxgalterning bosh og‘rig‘i ekanligi barchaga ma’lum. U normativ hujjatlar va tushuntirishlarni o‘qib borishi, trening va seminarlarga qatnashi zarur, sababi hisob-kitoblar yuzasidan butun mas’uliyat aynan uning zimmasiga yuklatiladi.
Boshqa tomondan direktor ham ulardan boxabar bo‘lishi lozim, shundagina u o‘z biznesiga boshqacha nazar bilan qarashni o‘rganadi. Masalan, QQS to‘lamaydigan yetkazib beruvchidan arzonroqqa olish o‘rniga ushbu soliqni to‘laydigan yetkazib beruvchidan qimmatroq narxda tovar sotib olishingiz nima sababdan siz uchun foydaliroq ekanligini bilasizmi? Yoki – yetkazib beruvchidan hisobvaraq-faktura kechikib kelsa, nima uchun kompaniyangiz pul yo‘qotishidan xabaringiz bormi? Yoxud u belgilangan shaklda rasmiylashtirilmasa-chi?
QQSni hisoblab chiqarish va to‘lashning bazaviy prinsiplari va muhim jihatlarini bilish u yoki bu loyihaga pul tikish, muayyan faoliyat turlari bilan shug‘ullanish, kerakli yetkazib beruvchidan tovar xarid qilishda bir to‘xtamga kelishda yordam beradi», deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter