Telefonni UzIMEI tizimida ro‘yxatdan o‘tkazish muddati uzaytirilyapti
O‘zbekiston hududida foydalanilayotgan, sotish yoki shaxsiy foydalanish uchun olib kiriladigan mobil qurilmalarni ro‘yxatga olish tartibini takomillashtish maqsadida Hukumatning ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilyapti.
IMEI-kodlarni ro‘yxatdan o‘tkazish jarayoniga kiritilgan o‘zgarishlarga tushuntirish berildi
Bugun, 4-yanvar kuni mobil qurilmalarni ro‘yxatdan o‘tkazish jarayoniga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritilgani to‘g‘risidagi masalalarga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Mobil qurilmalarning IMEI-kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazishda yangi o‘zgarishlar kiritilmoqda
Hukumat qarori bilan O‘zbekistonda foydalanilayotgan, sotish yoki shaxsiy foydalanish uchun olib kiriladigan va ishlab chiqariladigan mobil qurilmalarni ro‘yxatga olish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
O‘zbekiston hududida mobil qurilmalar xarid qiluvchilar diqqatiga! (video)
O‘zbekiston Respublikasi hududida uyali aloqa cheklanishini olish maqsadida, UZIMEI tizimida ro‘yxatdan o‘tgan mobil qurilmalarni xarid qiling.
IMEI-kod qanday qilib ro‘yxatdan o‘tkaziladi? (qo‘llanma)
Jismoniy shaxslar mobil qurilmalarning IMEI-kodlarini qanday ro‘yxatdan o‘tkazishlari mumkin? Bu savolga O‘zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish Respublika markazi tomonidan javob berildi.
Importchi IMEI-kod haqida: «O‘zgarishlar hammadan ko‘ra bizga ko‘proq ta’sir qildi»
Yurtimizda mobil qurilmalarining (planshet, smartfon va hokazo) IMEI-kodni ro‘yxatdan o‘tkazish masalasi hamon dolzarbligicha qolmoqda.
«IMEI tizimi joriy etilganidan keyin mahsulotimizga talab kuchaydi» – rasmiy diler (video)
Jarayonga bevosita aloqador tomon – xorijdan mobil qurilmalarini import qilib olib keluvchilar qanday fikrda? IMEI-kodlarni ro‘yxatdan o‘tkazish tizimining joriy qilinishi rasmiy importchilar faoliyatiga qanday ta’sir qildi?
Tergov departamenti vakili shaxsga doir ma’lumotlarni o‘g‘irlaganlarga jazo muqarrarligini qayd etdi (video)
IIV huzuridagi Tergov departamenti tergovchisi Javohir Qodirov fuqarolarning shaxsga doir ma’lumotlaridan qonunga xilof ravishda foydalanish oqibatlari haqida gapirdi.
«IMEI-kod o‘g‘rilari»: jinoiy guruh qanday harakatlangan? (video)
Gap shundaki, xorijdan kelgan ko‘plab fuqarolar o‘zlari bilan olib kelgan mobil telefonlarini ro‘yxatdan o‘tkazishmoqchi bo‘lganida, ularning nomiga allaqachon boshqa mobil qurilmalar UzIMEI tizimidan ro‘yxatdan o‘tganligi ko‘plab noroziliklarga sabab bo‘layotgan edi.
«Mobil qurilma xarid qilishda uning IMEI-kodi ro‘yxatdan o‘tganligini tekshirib oling» — Bobur Tillaboyev (video)
«O‘zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish respublika markazi» davlat unitar korxonasi direktori Bobur Tillaboyev ushbu tizimni joriy etishdan maqsad, mobil qurilmalarning IMEI-kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi haqida ma’lumot berdi hamda so‘nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda yuzaga kelayotgan fikr-mulohazalarga o‘z munosabatini bildirdi.
Mobil qurilmalarni IMEI kodlarini ro‘yxatga olish yuzasidan bayonot berildi
Mamlakatimizda Vazirlar Mahkamasining qarorlariga asosan mobil qurilmalar IMEI kodlarini ro‘yxatga olish tizimi joriy etilgan.
IMEI va har birimiz
O‘tgan hafta «Mening fikrim» veb-portalidagi «Mobil qurilmalarning IMEI-kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazishni soddalashtirish haqida» taklif fenomenal tarzda tez 10 mingta ovoz yig‘di.
«IMEI-kod masalasi parlament nazoratida bo‘ladi» — deputat
Shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda respublikamizda mobil aloqa vositalarini xalqaro o‘ziga xos identifikatsiya kodlari asosida ro‘yxatga olish (IMEI-kodlari) amaliyoti ko‘p muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.
Mamlakat ichida smartfon sotib olganlar IMEI-kod uchun pul to‘lamaydi
Ayni kunlarda mobil qurilmalarining IMEI-kodini ro‘yxatdan o‘tkazish masalasi ommaviy axborot vositalarida keng yoritib borilmoqda. Shunday bo‘lsada, har bir fuqaro uchun muhim bo‘lgan ushbu tizim haqida ko‘plab savollar yuzaga kelmoqda.
IMEI-kod haqida nimalarni bilish kerak?
Ayni kunlarda mobil qurilmalarining (planshet, smartfon va boshqalar) IMEI-kodini ro‘yxatdan o‘tkazish masalasi dolzarb bo‘lib turibdi. Bir qarashda o‘ta texnologik, murakkab, ammo har bir fuqaro uchun muhim bo‘lgan ushbu tizim haqida ko‘plab savollar yuzaga kelmoqda.
Mobil qurilmalarni bepul ro‘yxatdan o‘tkazishga shoshiling! Bu xizmat 1-dekabrdan pullik bo‘ladi (foto+video)
Mutaxassislar shu yilning 1-noyabr sanasiga qadar mobil qurilmalardagi barcha SIM-slotlarni faollashtirishni; mobil qurilmani xarid qilishdan oldin IMEI-kod statusini tekshirishni; smartfon xarid qilishda sotuvchidan qurilmaning hujjatlarini talab qilishni tavsiya qilishadi. Shunda ham vaqtdan, ham naqddan yutgan bo‘lasiz.