Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

IMEI-kod qanday qilib ro‘yxatdan o‘tkaziladi? (qo‘llanma)

IMEI-kod qanday qilib ro‘yxatdan o‘tkaziladi? (qo‘llanma)

Jismoniy shaxslar mobil qurilmalarning IMEI-kodlarini qanday ro‘yxatdan o‘tkazishlari mumkin? Bu savolga O‘zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish Respublika markazi tomonidan javob berildi.

Unga ko‘ra, jismoniy shaxslar mobil qurilmalarning IMEI-kodlarini quyidagi usullar orqali ro‘yxatdan o‘tkazishlari mumkin:

1. 1170 qisqa raqamiga SMS yuborib: https://uzimei.uz/#reg-by-sms;
2. USSD so‘rov orqali: https://uzimei.uz/#reg-by-ussd;
3. Tizim operatori veb-saytida: https://uzimei.uz/#register;
4 Yagona Davlat Interaktiv Xizmatlari Portali veb-saytida: www.my.gov.uz;
5. Tizim operatoriga kelib: Sebzor dahasi, 18-A, 240 ATK (https://yandex.com/maps/org/199445227850);
6. Pochta aloqa bo‘limlarida (manzillari www.uzimei.uz Tizim operatorning saytida mavjud).

To‘lov Click, Payme, Paynet, respublika banklarida orqali amalga oshirishi mumkin.

Shuningdek mutaxassislarning eslatishicha, bitta mobil mobil qurilmaning barcha IMEI-kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazish bitta ariza bilan amalga oshiriladi. Ro‘yxatdan o‘tishda foydalaniladigan mahalliy abonent raqami ariza beruvchi nomiga rasmiylashtirilgan bo‘lishi kerak (norezidentlar norezident maqomini rasmiylashtirishi talab etiladi).

Bojsiz olib kirish normalariga rioya qilinmagan holda, ro‘yxatdan o‘tkazish bojxona to‘lovlari to‘langandan so‘ng amalga oshiriladi. To‘lov miqdori tizim operatoridan ariza muvaffaqiyatli rasmiylashtirilgandan so‘ng 10 kalendar kun ichida saqlanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring