Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Importchi IMEI-kod haqida: «O‘zgarishlar hammadan ko‘ra bizga ko‘proq ta’sir qildi»

Importchi IMEI-kod haqida: «O‘zgarishlar hammadan ko‘ra bizga ko‘proq ta’sir qildi»

Foto: «Xabar.uz»

Yurtimizda mobil qurilmalarining (planshet, smartfon va hokazo) IMEI-kodni ro‘yxatdan o‘tkazish masalasi hamon dolzarbligicha qolmoqda.

— O‘zgarishlar hammadan ko‘ra bizga ko‘proq ta’sir qildi, — deydi «Sifat Biznes Savdo» MChJ Timur Gafurov. — Bugungi kunda biz o‘z mahsulotlarimiz, telefonlarimiz savdosi bilan to‘laqonli shug‘ullana boshladik. Tegishli qonun chiqqunga qadar smartfonlar bozori tartibga solinmagandi. Biz shunchaki raqobat qilolmasdik. Shunga ko‘ra bozorni ham raqobat maydoni deb bo‘lmasdi. Hozir esa ishonch bilan ayta olamizki, adolat qaror topdi, rasmiy importchilar sifatida davlat budjetiga katta bojlar to‘layapmiz.

Ro‘yxatga olish jarayonlariga kelsak, hammasi maromida kechyapti. Ariza topshirgandan so‘ng UZIMEI xodimlari 3 kun ichida arizalarimizni ko‘rib chiqib, ro‘yxatga olishyapti.

Bugungi kunda, albatta, umumiy vaziyat yaxshilandi. Biroq, afsuski, ayrim muammolar hali ham mavjud. Ya’ni mijoz telefonni bozordan sotib olayotganda uning IMEI kodi bir oydan so‘ng ro‘yxatga olinishini aytishadi. Shunda mijoz «Nima uchun bir oydan so‘ng?» degan haqli savolni berishi kerak. Tabiiyki, bu noqonuniy olib kirilgan telefon bo‘lib chiqadi. Biz esa mijozlarimizga telefonlarimizni qonuniy olib kirganimizga kafolat beramiz. Uyali aloqa vositasi savdoga chiqishidan oldin rasmiy diler sifatida zarur tegishli jarayonlardan o‘tamiz. Mahsulotlarimizni sertifikatlashtiramiz. Ularining qonuniyligi, ularda hech qanday muammo yuzaga kelmasligiga mijozlarimizga kafolat beramiz. Bordi-yu, birorta muammo kelib chiqsa, mijozlar bizga murojaat qilishi mumkin.

Sifat kafolati nima degani? Bu shuni anglatadiki, mijoz bizdan telefon sotib olgach bir oy yoki bir yildan keyin ham muammo yuzaga kelsa, bizga uchrashib, bizdan kafolat talab qilishga haqli.

Biz bir kunlik kompaniya emasmiz. 20 yildan beri bozorda faoliyat yuritib kelyapmiz. Biz bilan hisoblashishadi, bizni hurmat qilishadi. O‘zimizni ishonchli hamkor, insofli importchi sifatida allaqachon ko‘rsata oldik.

Ko‘pgina odamlar bexabarliklari tufayli telefonni xarid qilgach, IMEI kodni tizimda o‘zlari ro‘yxatdan o‘tkazishi kerak deb o‘ylashadi. Lekin bu noto‘g‘ri. Chunki telefonni olib kirgan importchi bo‘ladimi, kompaniya bo‘ladimi — bu ishni ular amalga oshirishi zarur.

Ma’lumot uchun:

IMEI (International Mobile Equipment Identity — Xalqaro mobil qurilma identifikatsiyasi) mobil tarmoqdagi qurilmani identifikatsiyalash uchun unikal raqam hisoblanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring