Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Uzchess Cup»da o‘zbek derbisi bo‘ladi

«Uzchess Cup»da o‘zbek derbisi bo‘ladi

Poytaxtimizda shaxmat yulduzlari ishtirokidagi «Uzchess Cup» superturniri davom etmoqda.

Mukofot jamg‘armasi 166 000 AQSh dollarini tashkil etuvchi musobaqada bugun 3-tur uchrashuvlari o‘tkaziladi.

Soat 15:00da boshlanadigan turnirning «Masters»guruhi 3-tur markaziy partiyasi ikki iste’dodli grossmeysterlarimiz — Nodirbek Abdusattorov (2766) hamda Nodirbek Yakubboyev (2634) o‘rtasida bo‘lib o‘tadi. Har ikki shaxmatchimiz 3-tur oldidan 1,5 tadan ochko jamg‘arib, turnir jadvalida qo‘shhokimlik qilishyapti. Abdusattorov bugun oq donalarda o‘ynaydi. 

3-tur juftliklari

Yu Yang Yi (Xitoy, 2715) - Aleksey Sarana (Serbiya, 2712)

Richard Rapport (Ruminiya, 2715) - Aleksandr Grishuk (FIDE, 2719)

Vidit Santosh Gujrathi (Hindiston, 2721) - Javohir Sindarov (O‘zbekiston, 2668)

Nodirbek Abdusattorov (O‘zbekiston, 2766) - Nodirbek Yakubboyev (O‘zbekiston, 2634)

Parham Maqsudlu (Eron, 2733) - Shaxriyar Mamadyarov (Ozarbayjon, 2734)

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring