«Turon» klubi bosh murabbiyi va prezidenti jazolandi
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Tartib-intizom qo‘mitasining yig‘ilishida «Turon» klubi murabbiyi Islombek Ismoilov «So‘g‘diyona» klubiga qarshi bahsdan keyingi rasmiy flesh-intervyu chog‘ida so‘kingan holda, etika normalarini buzganligi uchun 2 ta o‘yinga chetlatildi. U hakamlarning qing‘ir ishlari haqida gapirgandi.
Shuningdek, «Turon» klubi prezidenti Abduvahob Ahmadaliyevni mazkur bahsdan keyingi flesh-intervyu chog‘ida o‘z fikrlarini qo‘pol tarzda bildirgani uchun jarimaga tortish belgilandi.
Eslatib o‘tamiz, O‘FA holatni o‘rganib chiqib, bosh hakam Viktor Serazitdinovni hakamlik faoliyatidan nomuayyan muddatga chetlatgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter