Turnirning eng yaxshilari aniqlandi
20 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasidagi Osiyo Kubogida O‘zbekiston terma jamoasi g‘olib bo‘ldi.
Finaldagi yagona golni jamoamiz sardori Umarali Rahmonaliyev kiritdi.
Taqdirlash marosimida turnirning eng yaxshilari ham aniqlandi. E’tiborlisi, ularning barchasi o‘zbekistonliklar bo‘ldi:
Turnirning eng yaxshi darvozaboni - Otabek Boymurodov
Turnirning eng yaxshi futbolchisi - Abbosbek Fayzullayev
Finalning eng yaxshi futbolchisi - Umarali Rahmonaliyev
Eslatib o‘tamiz, Osiyo kubogida Iroq termasi kumush medallarni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Yaponiya va Janubiy Koreya termalari bronza medallariga sazovor bo‘lishdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter