Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turnirning eng yaxshilari aniqlandi

Turnirning eng yaxshilari aniqlandi

20 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasidagi Osiyo Kubogida O‘zbekiston terma jamoasi g‘olib bo‘ldi.

Finaldagi yagona golni jamoamiz sardori Umarali Rahmonaliyev kiritdi.

Taqdirlash marosimida turnirning eng yaxshilari ham aniqlandi. E’tiborlisi, ularning barchasi o‘zbekistonliklar bo‘ldi:

Turnirning eng yaxshi darvozaboni - Otabek Boymurodov 
Turnirning eng yaxshi futbolchisi - Abbosbek Fayzullayev 
Finalning eng yaxshi futbolchisi - Umarali Rahmonaliyev 

Eslatib o‘tamiz, Osiyo kubogida Iroq termasi kumush medallarni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Yaponiya va Janubiy Koreya termalari bronza medallariga sazovor bo‘lishdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring