Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tokio-2020: Olimpiadaning dastlabki musobaqalariga start berildi

Tokio-2020: Olimpiadaning dastlabki musobaqalariga start berildi

Foto: «Izvestiya»

Tokio-2020 Olimpiadasi doirasida dastlabki musobaqalar start oldi.

Softbol bo‘yicha Yaponiya ayollar terma jamoasi Fukusima stadionida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Avstraliya ustidan 8:1 hisobida ustun keldi.

Olimpiadaning ochilish marosimi 23-iyulga belgilangan. An’anaga muvofiq, ayrim musobaqalar o‘yinlarga rasmiy start berilishidan avvalroq boshlanadi.

1996-yildan beri ilk marotaba Olimpiada dasturini futbol ochib bermadi. Beysbolning soddalashtirilgan shakli sanaladigan softbol 1996-yildan 2008-yilgacha Olimpiada dasturiga kiritilgandi. AQSh terma jamoasi uch marta, Yaponiya bir marta OLimpiya o‘yinlari oltin medalini qo‘lga kiritgan.

Ushbu sport turi 2024-yil Parij mezbonlik qiladigan Yozgi olimpiada dasturiga kiritilmagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring