Sportchi raqibini finishgacha suyab keldi
Doha (Qatar)dagi yengil atletika bo‘yicha jahon chempionatining 5000 metrga yugurish saralash bellashuvlarida Gvineya-Bisau sharafini himoya qilayotgan Braima Sunkar Dabo arubalik raqib sportchi — mazasi qochib qolgan Jonatan Basbiga finishgacha yetib olishda yordam ko‘rsatdi.
Dim havo tufayli tobini yo‘qotgan arubalik sportchi juda sekin harkatlanishni boshlagan. Finishga yetib kelishiyam dargumon edi. Ammo oxirgi aylanani bosib o‘tayotgan Braima Sunkar Dabo befarq o‘tib ketmadi va raqibini suyab olganicha finishgacha olib keldi. Tomoshabinlar ularni olqishlar ostida qarshi olishdi.
Shu bosqichdagi yugurishda efiopiyalik Selemon Barega g‘olib chiqdi (13 daqiqa 24,69 soniya). Dabo esa 18 daqiqa va 10,87 soniya bilan o‘z shaxsiy rekordini yangiladi. Basbining natijasi hisobga olinmadi, yelkadosh har ikki sportchi bu yugurish musobaqalarida o‘z mamlakatlari sharafini himoya qilayotgan yagona sportchilar edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter