Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonlik kurashchilar xalqaro turnirda 20 ta medal qo‘lga kiritdi

O‘zbekistonlik kurashchilar xalqaro turnirda 20 ta medal qo‘lga kiritdi

Belbog‘li kurash bo‘yicha Hindistonda bo‘lib o‘tgan  xalqaro turnirda O‘zbekiston terma jamoasi 20 ta medal qo‘lga kiritdi. Bu haqda «Dunyo» AA ma’lum qildi.

Rotak shahri mezbonlik qilgan turnirda Hindiston, Rossiya va O‘zbekistondan sportchilar ishtirok etishdi. Kurashchilar belbog‘li kurashning klassik va erkin yo‘nalishlarida gilamga chiqdi. O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida Hanaboy O‘rayimov, Abbos Ahmadjonov, Murodjon Hamidov, Dostonbek Obidjonov, Samandar Abdusalomov, Azimjon Yo‘ldoshev, Farangiz Abdunabiyeva va Shirinoy Yo‘ldoshevalar oltin medallarni qo‘lga kiritdi.

Turnir davomida uch mamlakat vakillari o‘zaro kelishib, ushbu musobaqani har yili tashkil qilishni kelishib oldi. Shuningdek, tomonlar 2026-yilgi musobaqa mezbornligini O‘zbekistonga berishdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring