Samarqandda shaxmat bo‘yicha jahon chempionati o‘tkaziladi

Shaxmatning rapid va blits yo‘nalishlari bo‘yicha FIDE jahon chempionati 26-30- dekabr kunlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadi.
«O‘zbekiston 2026-yilda Shaxmat Olimpiadasiga ham mezbonlik qiladi – World rapid va blits kabi yirik musobaqaga mezbonlik qilish, albatta, tayyorgarlikni yanada kuchaytiradi», — deydi FIDE rahbari Arkadiy Dvorkovich.
Ayni damda O‘zbekistonning dunyoning kuchli 100 taligidan o‘rin olgan to‘rt shaxmatchisi bor, jumladan Nodirbek Abdusattorov 2021-yilda Rapid bo‘yicha jahon chempioni (17 yoshida) unvonini qo‘lga kiritgan eng yosh sportchi bo‘ldi.
Boshqa tashkiliy ma’lumotlar 15-noyabrgacha e’lon qilinadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter