Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Saloh 4 zarbani 4 ta golga aylantirdi. APLda bunday natijaga oxirgi marta Arshavin erishgan

Saloh 4 zarbani 4 ta golga aylantirdi. APLda bunday natijaga oxirgi marta Arshavin erishgan

Foto: «Metro.co.uk»

«Liverpul» yarim himoyachisi Muhammad Salohning bir o‘zi «Uotford»ni yanchib tashladi. O‘yinda darvoza tomon bergan zarbalarining barchasi golga aylandi. 5:0 hisobida yakunlangan o‘yindan so‘ng Salohning yangi rekordlariga e’tibor qaratamiz:

I. U 2009 yildan buyon to‘rtta zarbani to‘rtta golga aylantirgan ilk futbolchiga aylandi (oxirgi marta bunday natijaga Andrey Arshavin erishgan).

II. Saloh APLning to‘purariga aylandi.

1. Saloh – 28 ta gol.
2. Keyn – 24 ta gol.
3. Aguero – 21 ta gol.
4. Sterling – 15 ta gol.
5. Lukaku – 14 ta gol.

III. Saloh Yevropadagi milliy chempionatlar kuchli beshligida to‘purarga aylandi.
1. Saloh – 36 ta gol.
2. Keyn – 35 ta gol.
3. Messi – 34 ta gol.
4. Immobile – 34 ta gol.
5. Kavani – 33 ta gol.
6. Ronaldu – 33 ta gol.

IV. Saloh «Liverpul»ning APLda pokerga erishgan 4-futbolchisiga aylandi.
1. Fauler.
2. Ouen.
3. Suares.
4. Saloh.

V. Saloh APLdagi debyut mavsumida 36 ta to‘p kiritgan ilk futbolchi sifatida tarixga kirdi.
1. Saloh – 36 ta gol.
2. Torres – 33 ta gol (2007/2008 yilgi mavsum).
3. Dalglish – 31 ta gol (1977/1978 yilgi mavsum).

VI. «Liverpul»ning bir mavsum uchun rekordi Ian Rashga tegishli – 47 ta gol (1983/1984 yilgi mavsum). Salohning gollari hozircha 36 ta. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring