Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ronaldu yana bir chiroyli raqam egasiga aylandi

Ronaldu yana bir chiroyli raqam egasiga aylandi

Foto: «Sport-Ekspress»

Kecha «Manchester Yunayted» hujumchisi Krishtianu Ronaldu klublardagi faoliyati davomidagi 700-golini kiritdi.

U «MY» safida barcha turnirlarda urgan gollar soni 144 taga yetdi.

«Real Madrid» Ronaldu uchun to‘p surgan klublari orasida eng sermahsuli — bu jamoa libosida 450 ta gol urgan. Shuningdek, uning hisobida «Yuventus»dagi 101 ta gol va «Sporting»dagi 5 ta gol bor.

7 — Ronalduning sevimli raqami, jamoalar, liboslar o‘zgaraveradi, biroq u o‘zgarmaydi. 700-gol — yetti marta yuzlik dovondan oshildi. Balki 37 yoshli portugal yulduzining navbatdagi dovoni uchta 7 bo‘lar, kuzatamiz, kutamiz.

Kechagi o‘yinga qaytadigan bo‘lsak, Angliya premer-ligasida «Everton»ga qarshi o‘yinning 44-daqiqasida Ronaldu urgan gol yakunda manchesterliklar uchun juda qimmatli ochkolarni keltirdi. 2:1 hisobidagi g‘alaba «MY»ni 15 ochko bilan turnir jadvalida 5-o‘ringa olib chiqdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring