Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ronaldu jahon rekordini o‘rnatdi

Ronaldu jahon rekordini o‘rnatdi

Foto: FK "Al-Nas"

Portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu jahon rekordini o‘rnatdi. 38 yoshli portugaliyalik raqib darvozasiga boshi bilan gol urgan.

Shu tariqa, Ronaldu faoliyatidagi 145-marta boshi bilan gol urdi. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha u futbol tarixidagi birinchi o‘ringa chiqdi.

Portugaliyalik futbolchi faoliyati davomida 144 ta gol urgan germaniyalik hujumchi Gerd Myullerni ortda qoldirdi. Uchinchi qatorda ispaniyalik Santilyana (125 ta gol), to‘rtinchi qatorda braziliyalik Pele (124ta) joy olgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring