Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ronaldu taslim bo‘lmoqchi emas

Ronaldu taslim bo‘lmoqchi emas

Krishtianu Ronaldu Portugaliya milliy terma jamoasi tarkibida jahon chempioni bo‘lish orzusidan voz kechgani yo‘q.

Shuning uchun u terma jamoani tark etish niyatida emas va JCh-2026da ham o‘ynashni istamoqda. O‘sha vaqtda u 41 yoshga kirgan bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, 37 yoshli hujumchi noyabr oyida «Manchester Yunayted» bilan shartnomasini bekor qilib, erkin agentga aylandi.

Hujumchi dekabr oyi oxirigacha Saudiyaning «An Nasr» klubiga o‘tishi kutilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring