Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ronaldu kelasi mavsumda YeChLda o‘ynashi mumkin

Ronaldu kelasi mavsumda YeChLda o‘ynashi mumkin

Saudiyaning «An-Nasr» klubi yetakchisi Krishtianu Ronaldu kelasi yili Yevropaning eng nufuzli futbol turniri – Chempionlar ligasida ishtirok etish uchun taklif olishi mumkin.

Bu haqda jurnalist Ali Al-Harbi ijtimoiy tarmog‘ida xabar tarqatmoqda. Unga ko‘ra, Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UEFA) portugaliyalik futbolchining jamoasini 2024/25 yilgi mavsumda Chempionlar ligasida ishtirok etish uchun taklif qilishni rejalashtirgan.

UEFA bu orqali birinchi navbatda moliyaviy manfaatlarni ko‘zda tutmoqda. O‘tgan bir yil ichida Saudiya Arabistoni klublari, xususan «Al Nasr» jahonda mashhur bo‘lgan bir qancha nomdor futbolchilarni o‘z safiga qo‘shib oldi.

Qolaversa, saudiyaliklarning o‘zlari ham avvalroq UEFAga murojaat qilib, 2024/2025 yilgi mavsumda Chempionlar ligasida ularning jamoasi uchun maxsus taklifnoma olish so‘rovi bilan chiqishgandi.

Eslatib o‘tamiz, 2024 yildan boshlab Chempionlar ligasi formatiga o‘zgartirishlar kiritiladi. Jamoalar soni 32 tadan 36 taga ko‘payadi va guruh bosqichi o‘rniga Birlashgan liga tashkil etiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring