UEFA Chempionlar ligasining yangi formatiga o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin

UEFA Chempionlar ligasining yangi formatiga o‘zgartirishlar kiritish imkoniyatini o‘rganmoqda, deb xabar berdi «Sport-Ekspress».
Xususan, pley-off uchrashuvlarida qo‘shimcha taymlar berilmasligi mumkin. Qolaversa, umumiy bosqichda eng yaxshi natija ko‘rsatgan 8 jamoaga pley-offning javob o‘yinlarini o‘z maydonida o‘tkazish huquqi berilishi kutilyapti.
Ma’lumki, Chempionlar ligasining 2024/2025 mavsumida guruh bosqichi o‘rniga umumiy bosqich o‘tkazildi. Unda 32 jamoa o‘rniga 36 jamoa qatnashib, umumiy jadval shakllantirildi. Har bir jamoa 8 tadan o‘yin o‘tkazdi, eng yaxshi 8 jamoa turnirning 1/8 finaliga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanma oldi, ulardan keyingi 16 jamoa pley-offda o‘zaro to‘qnashdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter