Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ronaldu garovda yutqazib qo‘ydi

Ronaldu garovda yutqazib qo‘ydi

Foto: «Reuters»

«Yuventus»ning portugaliyalik hujumchisi Krishtianu Ronaldu jamoa bosh murabbiyi Massimiliano Allegriga garovda yutqazganini tan oldi. Ronaldu Italiya «A» seriyasining 20-turi doirasida «Kyevo»ga qarshi o‘yinda o‘n bir metrlik zarbani golga aylantira olmagandi.

«Allegri bilan bu mavsumda barcha penaltilarni golga aylantira olaman deb bahslashganim rost. So‘zimdan qaytmayman», — Ronalduning so‘zlaridan iqtibos keltirgan «The Independent».

O‘rtaga nima tikilgan — bu sir. Portugal yulduzi futbolchilar va murabbiylar shtabi uning jamoaga qo‘shayotgan hissasini munosib baholayotganidan mamnunligini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, Ronaldu penaltidan gol ura olmagan o‘yinda «Yuventus» «Kyevo»ni 3:0 hisobida yutgandi. G‘alaba to‘plarini Duglas Kosta, Emre Jan, Daniyele Ruganilar kiritishgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring