Rayan Giggz O‘zbekistonda ishlashi mumkinligini istisno etmadi

«Uff.uz» sayti rahbari Azizxon Akbarov shu kunlarda Rossiyada jahon chempionati bahslarini yoritib bormoqda.
A.Akbarov chempionatga kelgan taniqli futbolchi, «Manchester Yunayted» afsonasi Rayan Giggz bilan suhbatlashishga muvaffaq bo‘lgan. U suhbat davomida O‘zbekiston milliy terma jamoasini boshqarish haqidagi savolga ham javob qaytardi.
Jurnalistning «Janob Giggz, vaqtingizni olmayman, oxirgi savolim. O‘zbekiston futboli haqida eshitmagan bo‘lsangiz kerak-a? Agar sizbop maosh taklif qilishsa, bizning yurtda ishlarmidingiz?», — degan savoliga u quyidagicha javob qaytardi:
— Bir juda to‘g‘ri aytilgan ibora bor: hech qachon «hech qachon» dema. Mamlakatingiz futboli haqida ko‘p narsa bilmayman. Yurtingizda ishlashga kelsak: siz murabbiy sifatida deyapsiz-da?
— Ha, milliy termamiz bosh murabbiyi bo‘larmidingiz?
— O‘ylashimcha, O‘zbekistonda ishlashimgacha qo‘yishmasa kerak. Buyuk Britaniyaning o‘zida o‘nlab takliflar olganman va olayapman. Balki, kelajakda Osiyo futbolida ishlarman. Jumladan, sizning yurtingizda ham. Faqat buning uchun juda ko‘p narsalar bir-biriga mos kelishi kerak. Demoqchimanki, bu yerda gap pulda emas. Sharoit, munosabat, ishga bilmasdan turib aralashaverish va hokazo ko‘p jihatlar bor.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter