FIFA maydonda turib tomosha qilish uchun eng yaxshi stadionni aniqladi

Xalqaro futbol federatsiyalari uyushmasi (FIFA) Moskvadagi «Lujniki» stadionini maydonda turib tomosha qilish uchun eng yaxshi stadion sifatida tan oldi. «Life» yozishicha, bu haqda Moskva shahri Qurilish ishlari departamenti rahbari Andrey Bochkaryov «Moskva» shahar yangiliklari agentligiga ma’lum qilgan.
Bochkaryovning aytishicha, arenani qayta ta’mirlash ishlarini FIFAning 50 dan ziyod delegatsiyalari tekshirgan.
Jahon chempionati-2018 o‘yinlarida «Lujniki»ga jami 546 077 nafar tomoshabin keldi. Jahon chempionatining tantanali ochilish va yopilish marosimlari, birinchi va oxirgi o‘yinlari va yana beshta o‘yin o‘tkazildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter