Shvetsiya-Angliya uchrashuvida o‘zbekistonlik mutaxassis komissarlik qiladi
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari, FIFA va OFK komissari Olim Arifov shu kunga qadar JCh-2018 guruh bosqichidan o‘rin olgan 4ta o‘yinda, shuningdek, 1/8 finaldan o‘rin olgan Braziliya - Meksika jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda komissar sifatida ishlagan edi.
O‘FA rasmiy sayti xabariga ko‘ra, endilikda Olim Arifovga 1/4 finaldan o‘rin olgan Shvetsiya - Angliya o‘yini ham ishonib topshirildi.
JCh-2018 1/4 finaldan o‘rin olgan Shvetsiya - Angliya o‘rtasidagi uchrashuv 7-iyul kuni Toshkent vaqti bilan soat 19:00da boshlanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter