Rossiya jahon chempionatlari antirekordini o‘rnatdi
Rossiya terma jamosi himoyachisi Sergey Ignashevich jahon chempionati nimchorak final bahsida Ispaniyaga qarshi o‘yinda avtogol mualifiga aylandi.
Uchrashuvning 12-daqiqasida Serxio Ramos bilan kurash chog‘ida to‘p bexosdan Ignashevichning tegib, darvozadan joy oldi.
Shu tariqa JCh-2018da Rossiya ikkinchi bor o‘z darvozasiga gol urdi. Birinchi avtogolni Denis Cherishev Urugvayga qarshi o‘yinda qayd etgan edi.
So‘ngi bor bir jamoa o‘z darvozasiga bittadan ko‘p avtogolni 1966 yil Bolgariya terma jamoasi qayd etgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter