Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Paralimpiyachilarga medallar uchun qanchadan to‘lanishi ma’lum qilindi

Paralimpiyachilarga medallar uchun qanchadan to‘lanishi ma’lum qilindi

Foto: Turizm va sport vazirligi

Shu yil 24 avgustdan 5 sentyabrga qadar Yaponiya poytaxti Tokio shahrida XVI yozgi Paralimpiya o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.

Kuni kecha kuzatib qo‘yilgan mamlakatimiz delegatsiyasi bugun Tokio shahriga yetib borishdi.

Kechagi kuzatish marosimida Bosh vazir Abdulla Aripov Paralimpiya o‘yinlari g‘olib va sovrindorlari hukumatimiz tomonidan xuddi olimpiyachilar qanday mukofotlangan bo‘lsa, shu zaylda taqdirlanishini ma’lum qildi.

Paralimpiya o‘yinlari g‘olibi bo‘lgan sportchilar 200 ming, kumush medal sohiblari 100 ming hamda bronza medali egalari 50 ming AQSh dollari miqdoridagi pul mukofotlariga sazovor bo‘lishadi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston sport delegatsiyasi Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o‘yinlariga 55 ta yo‘llanma qo‘lga kiritgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring