Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Asila Mirzayorova va Dovurxon Karomatovga uy sovg‘a qilindi

Asila Mirzayorova va Dovurxon Karomatovga uy sovg‘a qilindi

Qashqadaryo viloyati markazi Qarshi shahrida XVII yozgi Paralimpiya o‘yinlarida g‘olib va sovrindor bo‘lgan sportchilarni kutib olish marosimi tashkil etildi.

Musobaqada qashqadaryolik sportchilardan para yengil atletikachi Asila Mirzayorova hamda para dzyudochi Dovurxon Karomatov g‘olib va sovrindorlar safidan joy oldi.

Asila uzunlikka sakrash dasturida 5.24 metr natija qayd etgan holda yurtimiz delegatsiyasiga birinchi oltin medalni olib berdi hamda 28 yil davomida saqlanib kelgan Paralimpiya rekordini yangiladi.

Para dzyudoning erkaklar o‘rtasidagi J2 klass -90 kg vazn toifasidagi bahslarda ishtirok etgan Dovurxon Karomatov esa bronza medalini qo‘lga kiritib, ikkinchi bor Paralimpiya o‘yinlari sovrindori bo‘ldi.

Qarshi shahrida tashkil etilgan sovrindor paralimpiyachilarni tantanali kutib olish marosimida so‘zga chiqqan viloyat hokimi Murotjon Azimov sportchilarni va ularning yaqinlarini viloyat ahli nomidan samimiy tabriklab, ularga tantanali ravishda xonadon kalitlarini topshirdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring