O‘zbekiston amputantlar terma jamoasi Osiyo chempioni bo‘ldi

Bangladesh poytaxti Dakka shahrida amputantlar futboli bo‘yicha 1-Osiyo chempionati o‘z yakuniga yetdi.
O‘zbekistonlik futbolchilar musobaqaning barcha uchrashuvlarida yirik hisobda g‘alaba qozonib, finalga qadar yetib borishganini xabar qilgan edik.
Vakillarimiz final bahsida ham Indoneziya terma jamoasini yirik – 6:0 hisobida mag‘lub etib, Osiyo chempionligini qo‘lga kiritishdi. Finalda jamoa sardori Abdujamil Shukurov het-trikka, Aziz Abdurahmonov dublga erishdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter