Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Odil Ahmedovga rahbarlik lavozimi berildi

Odil Ahmedovga rahbarlik lavozimi berildi

O‘zbekiston milliy terma jamoasining sobiq futbolchisi Odil Ahmedov O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Ijroiya qo‘mitasi a’zoligiga tasdiqlanib, O‘FA vitse-prezidenti lavozimiga tayinlandi.

Odil Ahmedov avvaliga terma jamoadan ketganini, yaqinda esa futbolchilik faoliyatini yakunlaganini ma’lum qilgandi.

2007 yilda O‘zbekiston milliy jamoasi safida debyut qilgan Odil Ahmedov milliy jamoa safida 108 o‘yin o‘tkazib, 21 ta gol urgan. To‘rtta jahon chempionatining saralashlarida qatnashgan, uch marotaba Osiyo kubogida ishtirok etgan. 2020 yilda «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi» faxriy unvoni bilan taqdirlangan.

34 yoshli yarimhimoyachi Xitoy Superligasi joriy mavsumida «Sanchjou Mayti Layons» safida 7 o‘yinda maydonga tushgandi. Faoliyati davomida «Paxtakor», «Anji», «Krasnodar», «Shanxay SIPG» kabi jamoalar sharafini himoya qilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring