Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nodirbek yarim finalga chiqdi. Navbatdagi raqib — Magnus Karlsen!

Nodirbek yarim finalga chiqdi. Navbatdagi raqib — Magnus Karlsen!

Germaniyaning Gamburg shahrida shaxmat bo‘yicha nufuzli «Freestyle Chess G.O.A.T Challenge» turniri davom etmoqda.

Dunyoning kuchli sakkiz nafar grossmeysteri dona surayotgan Fisher shaxmati bo‘yicha musobaqada hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov (2744) muvaffaqiyatli qatnashyapti.

Kecha 1/4 final bosqichning javob uchrashuvlari o‘tkazildi. Saralash bosqichini g‘olib sifatida yakunlagan Abdusattorov 1/4 finalda xitoylik Din Lijen (Xitoy, 2762) ustidan zafar quchdi. Birinchi partiyada Nodirbekning g‘alabasi qayd etilgandi. Ikkinchi uchrashuvda grossmeyterimiz qora donalarda durang o‘ynadi. 

Chorak finalning bitta juftligida g‘olib tay-brekda aniqlandi. Unda rapid va blits shaxmatda amaldagi jahon chempioni Magnus Karlsen (Norvegiya, 2830) fransiyalik Alireza Firuzdja (2760)dan ustun keldi. Endi 1/2 finalda yana bir bor Nodirbek Abdusattorov - Magnus Karlsen qarama-qarshiligiga guvoh bo‘lamiz.    

Eslatib o‘tamiz, shaxmatchimiz saralash bosqichining so‘nggi 7-turida Karlsenni mag‘lubiyatga uchratib, pley-offga 1-o‘rin bilan yo‘l olgandi. Yarim final uchrashuvlari bugun va ertaga o‘tkaziladi. Shaxmatchilar o‘zaro ikkita partiya o‘ynashadi. Jami 40 ta yurishga 90 daqiqadan vaqt beriladi. Ikki partiyada g‘olib aniqlanmagan taqdirda tay-brekka murojaat qilinadi. Pley-offning barcha bosqich uchrashuvlari bizning vaqt bilan soat 17:00da boshlanadi.

1/4 final natijalari 

Alireza Firuzdja (Fransiya, 2760) - Magnus Karlsen (Norvegiya, 2830) 1-1 (1-0, 0-1). Tay-breyk - 0-2

Fabiano Karuana (AQSh, 2804) - Dommaradju Gukesh (Hindiston, 2743) 1.5-0.5 (1-0, 1/2)

Nodirbek Abdusattorov (O‘zbekiston, 2744) - Din Lijen (Xitoy, 2762) 1.5-0.5 (1-0, 1/2)

Vinsent Kaymer (Germaniya, 2738) - Levon Aronyan (AQSh, 2725) 0.5-1.5 (1/2, 0-1)

1/2 final juftliklari (13-14 fevral):

Nodirbek Abdusattorov (O‘zbekiston, 2744) - Magnus Karlsen (Norvegiya, 2830)

Fabiano Karuana (AQSh, 2804) - Levon Aronyan (AQSh, 2725)

5-8 o‘rinlar uchun bahs

Alireza Firuzdja - Din Lijen

Vinsent Kaymer - Dommaradju Gukesh

Final: 15-16 fevral    

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring