Nodirbek Gukesh bilan murosa yo‘lini tanladi
Niderlandiyaning Veyk an-Zeye shahrida shaxmat bo‘yicha «Tata Steel Chess-2024» turniri start oldi.
Musobaqaning masters guruhida ishtirok etayotgan hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov ilk bahsda hindistonlik Dommaraju Gukeshga qarshi dona surdi. O‘yin durang natija bilan yakunlandi.
Yosh hamyurtimiz ilk partiyadagi durangdan so‘ng 0,5 ochko bilan 14 nafar shaxmatchi orasida oltinchi natijani qayd etib turibdi.
Ertaga turnirda 2-tur uchrashuvlari o‘tkaziladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter