Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nodirbek Abdusattorov yana peshqadam bo‘lib oldi

Nodirbek Abdusattorov yana peshqadam bo‘lib oldi

Niderlandiyaning Veyk-an-Zeye shahrida shaxmatning klassik yo‘nalishi bo‘yicha 86-xalqaro «Tata Steel Chess-2024» turniri davom etmoqda.

Kuni kecha musobaqaning to‘qqizinchi partiya bellashuvlari o‘tkazildi. Unda o‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov niderlandiyalik Yorden van Forestga qarshi  dona surdi. Hamyurtimiz ushbu bahsda g‘alaba qozonib, yana turnir jadvalida peshqadamga aylanib oldi.

Nodirbek bugun niderlandiyalik yana bir shaxmatchi — Maks Varmerdamga qarshi dona suradi.

Eslatib o‘tamiz, Nodirbek avvalroq ham turnir peshqadamini mag‘lub etib yetakchi bo‘lib olgandi, biroq keyingi turdagi mag‘lubiyat uni biroz pastki pog‘onaga tushirgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring