Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nodirbek Abdusattorov yana g‘alaba qozondi

Nodirbek Abdusattorov yana g‘alaba qozondi

Veyk-an-Zeye shahrida (Niderlandiya) shaxmat bo‘yicha «Tata Steel Chess-2024» musobaqasi o‘zining qizg‘in pallasiga kirmoqda.

Kecha musobaqaning o‘ninchi partiya bellashuvlari o‘tkazildi. Hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorovga niderlandiyalik Maks Varmerdam raqiblik qildi. Qora donalarda harakat qilgan Nodirbek Abdusattorov olti soat davom etgan bahsda g‘alaba qozondi.

Ushbu g‘alaba orqali Abdusattorov ochkolari sonini 6,5 taga yetkazib oldi va turnir jadvalida peshqadamlikni saqlab qoldi.

Bugun turnirda dam olish kuni hisoblanadi. 11-tur o‘yinlari 26 yanvar kuni o‘tkaziladi. Musobaqa 13-turdan keyin yakunlanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring