Nodirbek Abdusattorov «Tata Steel Chess» sovrindori bo‘ldi
Niderlandiyada bo‘lib o‘tgan «Tata Steel Chess» musobaqasi o‘z yakuniga yetdi.
Musobaqaning 13-tur o‘yinlaridan keyin hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov germaniyalik Aleksandr Donchenkoni mag‘lubiyatga uchratib, ochkolari sonini 8,5 taga yetkazib olgandi.
Biryo‘la 4 nafar shaxmatchi 8,5 ochko to‘plagani sababli g‘olib tay-brekda aniqlanadigan bo‘ldi. Qo‘shimcha partiyalarda Nodirbek Abdusattorov, Anish Giri, Gukesh va Yi Vey ishtirok etdi.
Qur’aga ko‘ra, Nodirbek xitoylik Yi Vey bilan to‘qnash keldi va 0,5 : 1,5 hisoblarida imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Shu tariqa u uchinchi o‘rin bilan kifoyalandi.
Yakunda final bahsida Gukeshni taslim etgan Yi Vey nufuzli musobaqa g‘olibi bo‘ldi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter