Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nodirbek Abdusattorov rossiyalikni taslim etdi

Nodirbek Abdusattorov rossiyalikni taslim etdi

Hamyurtimiz «WR Chess Masters» turnirining 2-turida g‘alabaga erishdi.

Germaniyaning Dyusseldorf shahrida shaxmat bo‘yicha mukofot jamg‘armasi 140 ming yevroni tashkil etgan «WR Chess Masters» turnirining 2-tur bahslarida hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov rossiyalik shahmatchi Andrey Yesipenko bilan bahs yuritdi.

Shiddatli o‘tgan bahsning 41-yurishidan keyin FIDE bayrog‘i ostida harakatlangan Andrey Yesipenko taslim bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, Nodirbek birinchi turda jahon reytingida ikkinchi o‘rinda borayogan Yan Nepomnyashiy bilan qora donalarda durang qayd etgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring