Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nodirbek Abdusattorov jahon chempionini mag‘lub etdi

Nodirbek Abdusattorov jahon chempionini mag‘lub etdi

Germaniyada shaxmat bo‘yicha «Freestyle Chess G.O.A.T Challenge» turnirining asosiy bosqich bahslari boshlandi.

Musobaqada dunyoning 8 nafar kuchli grossmeysteri ishtirok etmoqda.

Hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov chorak finalda xitoylik 2023 yilgi jahon chempioni Ding Lirenga qarshi dona surib, g‘alabaga erishdi. 

Bugun ular o‘rtasida javob o‘yini o‘tkaziladi. Ikki o‘yin natijasiga ko‘ra g‘olib yarim finalga yo‘l oladi. 

Chorak finalning dastlabki kunida qayd etilgan natijalar:                 

Eslatib o‘tamiz, mazkur turnirda qatnashayotgan Nodirbek saralash bahslarida 1-o‘rinni qo‘lga kiritgani xabar qilingandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring