Nodirbek Hindistonda Gukesh bilan durang o‘ynadi, Arjunni yengdi
Hindistonning Kalkutta shahrida shaxmat bo‘yicha «Tata Steel India» turniri o‘tkazilmoqda.
Ushbu musobaqada hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov ham o‘z omadini sinab ko‘ryapti.
Hozircha musobaqa doirasida uchta tur ortda qoldi. Unga ko‘ra, Nodirbek birinchi turda mezbon Gukesh bilan durang o‘ynadi. Ikkinchi turda esa boshqa bir hindistonlik Arjun Erigaisini mag‘lub etdi. Uchinchi turda esa Ozarbayjon vakili Teymur Rajabovga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Shu tariqa, Nodirbek 3ta turdan so‘ng 1,5 ochko jamg‘argan holda, 10 nafar shaxmatchi orasida 7-o‘rinni egallab turibdi.
Bugun u 4-tur doirasida hindistonlik Rameshbabu Praggnanandhga qarshi dona suradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter