Messi qani? Saloh, Modrich va Ronaldu — ulardan biri UYeFAning yil o‘yinchisi bo‘ladi
Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UYeFA) yilning eng yaxshi o‘yinchisi bo‘lishga nomzodlar ro‘yxatini e’lon qildi. Bu haqda «Life» xabar berdi. Yakuniy uchlikka «Real» yarimhimoyachisi Luka Modrich, «Liverpul» vingeri Muhammad Saloh, «Yuventus» forvardi Krishtianu Ronaldu kiritildi.
Modrich va Ronaldu o‘tgan mavsumda Chempionlar ligasini yutishdi, bu Ronaldu uchun beshinchi g‘alaba, qolaversa, u oltinchi marotaba eng yaxshi to‘purur bo‘ldi. Modrich 2018-yilgi Jahon chempionati kumush medalini qo‘lga kiritishdan tashqari, mundialning eng yaxshi o‘yinchisi deb e’tirof etildi. Saloh Chempionlar ligasining ikkinchi to‘purariga aylanib, «Liverpul»dagi ko‘plab rekordlarni yangiladi.
Uchlikka kira olmagan futbolchilar:
Antuan Grizmann («Atletiko»), Lionel Messi («Barselona»), Kilian Mbappe («PSJ»), Kevin de Bryoyne («Manchester Siti»), Rafael Varan («Real»), Eden Azar («Chelsi») va Serxio Ramos («Real»).
Boshqa mukofotlarga nomzodlar:
Eng yaxshi darvozabon: Alisson Bekker, Janluidji Buffon, Keylor Navas
Eng yaxshi himoyachi: Marselo, Serxio Ramos, Rafael Varan
Eng yaxshi yarimhimoyachi: Kevin De Bryoyne, Toni Kroos, Luka Modrich
Eng yaxshi hujumchi: Lionel Messi, Krishtianu Ronaldu, Muhammad Saloh
Eng yaxshi futbolchi (ayollar o‘rtasida): Pernille Xarder, Ada Xegerberg, Amandin Anri
Yevropa ligasining eng yaxshi o‘yinchisi: Diyego Godin, Antuan Grizmann, Dimitri Payet.
Mukofotlar 30-avgust kuni tantanali ravishda topshiriladi. O‘sha kuni joriy mavsum Chempionlar ligasiga qur’a ham tashlanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter