Messi bir o‘yinda 5ta gol urdi (video)

FIFA kunlari munosabati bilan Argentina milliy jamoasi Estoniyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazdi.
O‘yinda Messining beshta goli argentinaliklarga yirik hisobda g‘alaba keltirdi. Bu Leoning terma jamoadagi ilk penta-triki, faoliyatida esa ikkinchisi bo‘ldi.
Argentina – Estoniya 5:0
Gollar: 1:0 – 8, penalti Messi, 2:0 – 45 Messi, 3:0 – 47 Messi, 4:0 – 71 Messi, 5:0 – 76 Messi.
Argentina – Armani, Molina (Montel, 74), Pesselya, Martines (Senesi, 62), Akunya (Gonsales, 73), Gomes, de Paul (Palasios, 62), Mak Allister (Foyt, 66), Korrea (Dibala, 62), Messi, Alvares.
Estoniya – Igonen, Teniste, Mets, Pyurg (Kuusk, 63), Paskochiy, Pikk (Kallaste, 69), Kyayt (Sinyavskiy, 63), Miller (Vasilev, 63), Soomets, Zenev (Aner, 46), Sorga.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter